Özbekiston iqtisodiy forumida Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde mamlakatdagi özgarişlar va isloh qilinişi zarur bölgan sohalar haqida töxtalib ötdi.

“Özbekiston iqtisodiyoti qişloq xöjaligiga qattiq boğlangan. Iqtisodiyotda xizmat körsatiş sohasining rolini oşiriş kerak. Mamlakatda işsizlik darajasi 10 foizdan yuqori. Şu sabab yangi islohotlarni amalga oşirişda ötmişdagi tajribalardan töğri xulosa çiqariş va tizimli reja va dasturlar işlab çiqiş maqsadga muvofiq böladi. Hukumat 2030 yilga borib örtaça rivojlangan mamlakatlar qatoriga qöşilişni öz oldiga qöymoqda.

Menimça, mamlakatdagi eng katta muammo inson kapitali bilan boğliq. Insonlarni rivojlantiriş, ta'lim va ijtimoiy sohani isloh qiliş kerak. Mamlakatda tabiiy resurslarning katta bazasi mavjud va bu iqtisodiy inqiroz paytida bardoşlilikni oşirişga kömak beradi. Pandemiya sabab mamlakat taşqi qarzi keskin ortganini ham inkor qilib bölmaydi.

Keyingi islohotlar davrida xususiy sektorni rivojlantiriş va korporativ boşqaruv böyiça işlarni jadallaştiriş kerak. Bunda birinçi örinda xususiy sektordagi raqobatni oşiriş kerak. Ayollarni mehnat jarayoniga jalb qiliş, ular uçun iş joylari yaratişning uzoq va qisqa dasturlari bölişi kerak. Mamlakatdagi hududlarning bir tekisda rivojlanişiga e'tibor qaratiş ham juda muhim deb öylayman.

Yaşil iqtisodiyotga ötiş butun dunyoda dolzarb muammolardan biri bölib qolayotgan iqlim özgarişiga qarşi turişga yordam beradi. Iqlim özgarişi mamlakatlardagi YaIMga keskin ta'sir ötkazişi mumkin. Şu sabab Özbekiston 2025 yilgaça qayta tiklanadigan energiya resurslarini 25 foizga oşiriş böyiça işlarni amalga oşirmoqda.

Bir narsaga e'tibor qaratiş kerak, oxirgi paytlarda Özbekistonda hukumat vakillari bilan işlaşda şaffoflik oşgan. Xususan, Moliya vazirligidagi taşqi qarz va boşqa sohalarga oid köplab ma'lumotlardan bemalol foydalanişimiz mumkin”, – dedi Anna Berde.