Ta'lim jarayoni öziga xos sur'at va jadallik bilan taraqqiy etadi. Bu esa yangi texnologiyalarni joriy etiş va davr bilan hamqadamlikni taqozo etadi. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida (TIQXMMI) Yangi Özbekiston şukuhiga monand yangi jonli jarayon boşlangani sir emas.

Bugun ilk bor işga tuşirilgan körgazmali zal va laboratoriyaning oçilişi yuqoridagi fikrning dalolatidir.
Hukumatimiz qarorlarida yuqori malakali kadrlarni, şuningdek, innovatsion tadqiqotlarni olib boriş va jamoada işlaş könikmalariga ega bölgan yoş olimlarni tayyorlaş dolzarb vazifa sifatida yuzaga çiqmoqda.

Institutimizda dastavval, işonçli hamkorlarimizdan biri «Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasi homiyligida taşkil etilgan «Aqlli qişloq va suv xöjaligi» şou-rumi (körgazmali zali) tantanali oçildi.
Tadbirni institutning birinçi prorektori Mirzayev Bahodir Suyunoviç olib bordi. Unda Huawei Tech Investment Tashkent direktori Lyu Tszyasin, oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari hamda Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri matbuot kotibi Şuhrat Suyunov iştirok etib öz mulohazalarini bildirişdi.

Bu zamonaviy şou-rumga Xitoyning eng ilğor fermer xöjaliklarida faol foydalanib kelinayotgan va Özbekiston şaroitiga joriy qilinayotgan Aqlli qişloq va suv xöjaligini raqamlaştiriş texnologiyasi örnatilgan.
Bundan maqsad talabalar va yoş olimlarni tayyorlaş jarayonida, şou-rum va ilmiy-öquv poligoni örtasida köprik vazifasini bajariş hamda real vaqtdagi dispetçerlik punkti faoliyatini amalga oşirişdir. Şou-rum yangi ilmiy işlanmalarni yaratiş orqali loyihalarning natijadorligi, aniqligi va işonçliligini ta'minlaş, sohani raqamlaştiriş bilan boğliq ilmiy faoliyatni yoşlar örtasida ommalaştiriş hamda ularda tahliliy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Ikkinçi va uçinçi tadbir «PETRO TEST AVTO» MÇJ bilan hamkorlikda «Yonilği moylaş materiallari laboratoriyasi»ning hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi bilan hamkorlikda maxsus auditoriyasining rasmiy oçilişi bilan davom etdi.














