Uçraşuv davomida Rossiya delegatsiyasi vakillariga prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida mamlakatimiz hayotining barça jabhalarida, xususan, sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, şuningdek, Özbekiston prokuratura organlarining faoliyat yönalişlari haqida ma'lumot berildi.

Taraflar özaro manfaatli bölgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari böyiça fikr almaşdilar. Xususan, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, korrupsiyaga qarşi kuraş sohalarida tajriba almaşiş hamda prokuratura organlari xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalari muhokama etildi.

Uçraşuv yakuniga köra, Özbekiston Boş prokuraturasi va Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi örtasida ilm-fan va ta'lim sohalarida hamkorlik töğrisida memorandum hamda 2021–2023 yillarga möljallangan idoralararo hamkorlik dasturi imzolandi. Uşbu hujjatlarning amalda tatbiq etilişi huquqiy sohada axborot va ilğor tajriba almaşiş orqali ikki tomonlama şeriklikni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilişi ta'kidlandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining xabar berişiça, Niğmatilla Yöldoşev Igor Krasnovga hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik bildirib, uni “Özbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” kökrak nişoni bilan taqdirlagan.

Eslatib ötamiz, Igor Krasnov 2020 yil 20 yanvar kuni Yuriy Çayka iste'fosi ortidan Rossiya boş prokurori etib tayinlangandi. Ayni vaqtda 44 yoşda bölgan general-leytenant Igor Krasnov advokat Stanislav Markelov va jurnalist Anastasiya Baburovaning qotilligi (2009 yil yanvari) böyiça işlarni tekşirgandi. U şuningdek, muxolifatçi Boris Nemsovning öldirilişi (2015 yil yanvari) va Anatoliy Çubaysga suiqasd (2005 yil) bilan boğliq işni tekşirgan. U 1997 yildan prokuratura tizimida faoliyat boşlagan, 2007 yilda Tergov qömitasiga muhim işlar böyiça katta tergovçi lavozimiga ötgan, 2016 yilda Tergov qömitasi rahbari örinbosari bölgandi.