Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşevni «Döstlik» ordeni bilan mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Şu tariqa, Rossiya rahbari Yöldoşevning «MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlaş, fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, ikki tomonlama va köp tomonlama şakllarda prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, Rossiya bilan strategik şeriklikni yölga qöyişga qöşgan ulkan hissasini» qayd etdi.
Niğmatilla Yöldoşev 2019 yildan buyon Özbekiston Boş prokuraturasiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2024 yil iyun oyida u uşbu lavozimga qayta saylandi.
Rossiyaning «Döstlik» ordeni 1994 yilda ta’sis etilgan. U bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va xorijliklar xalqlar örtasidagi hamkorlik va özaro tuşunişni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Farruh Zokirov va Sevara Nazarxonni ham «Döstlik» ordeni bilan taqdirlagandi.












