Ming örinli mazkur umumta'lim maktabi bu yil ilk öquvçilarini qabul qildi. Uç qavatli ikkita öquv binosida 55 ta sinfxona, 3 ta laboratoriya, fan kabinetlari bor. Ular zamonaviy öquv jihozlari va uskunalar bilan ta'minlangan.

Maktab çet tillariga ixtisoslaştirilgan bölib, ingliz, xitoy, arab tillari çuqurlaştirilgan tarzda öqitiladi.

Şuningdek, aniq fanlarni ingliz tilida interfaol tarzda öqitiş, mental arifmetika, axborot texnologiyalari, robototexnika tögaraklari taşkil etilgan. Oşxona, oçiq va yopiq sport maydonlari, gimnastika va xoreografiya xonalarida zarur şaroitlar yaratilgan.

Prezident maktab öquvçilari bilan suhbatda ularning intilişlarini qöllab-quvvatladi.

– Sizlar eng töğri yölni – bilim yölini tanlagansizlar. Heç qaçon öqişdan, izlanişdan töxtamanglar. Vaqt tez ötadi, ertaga hayotda munosib örin topişingiz, zamonga mos mutaxassislar bölib yetişişingiz uçun bugun öqişingiz kerak. Men işonaman, sizlar mutlaqo yangi avlod yoşlari bölib ulğayasizlar, ota-onangiz, el-yurtingiz orzusini röyobga çiqarasizlar. Çunki sizlarda bilim böladi. Bilim esa, köp bor aytganimdek, ötda yonmaydi, suvda çökmaydi. Yakkayu yagona najotimiz – ilm, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda maktabgaça ta'lim muassasasi va universitet barpo etiş loyihasi taqdimot qilindi. Unga köra, maktab yonida 150 örinli boğça, 500 örinli axborot texnologiyalari universiteti qurilişi rejalaştirilgan. Şu tariqa boğça, maktab va universitet ta'lim klasteriga aylanadi. Ularda bolalar boğça yoşidan çuqurlaştirilgan bilim olib, axborot texnologiyalari böyiça yetuk mutaxassislar bölib yetişadi.

Davlat rahbari şu yerda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga taşrifini yakunlab, Toşkentga qaytdi.