Yevropa Konferensiyalar Ligasida 4ta guruhda 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

«Roma» Ukrainada «Zarya» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, guruhda peshqadamligini mustahkamladi. Rimliklar safila o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 62-daqiqa o‘ynadi va so‘ng o‘rnini Temmi Abrahamga bo‘shatib berdi.

YeKL. 2-tur. 30 sentabr

A guruhi
Alashkert — XIK 2:4
Gollar: Embalu (24),  Glishich (90+3) — Riski (8, 63), Valenchich (57), Olusanya (90+5).

LASK — Makkabi Tel-Aviv 1:1
Gollar: Xorvat (10) — Xalayla (88).

V guruhi
Gent — Anortosis 2:0
Gollar: Korreya (28, avtogol), Kums (81).

Partizan — Flora 2:0
Gollar: Markovich (20, 42).

S guruhi
Zarya — Roma 0:3
Gollar: El-Shaaravi (7), Smolling (66), Abraham (68).
Zarya – Matsapura, Favorov, Imerekov, Tsvek, Xomchenovskiy, Kochergin, Buletsa (Zahidi, 69), Nazarina, Gromov, Kabayev (Lunev, 83), Sayyadmanesh (Kristian, 69). 
Roma – Patrisiu, Rojyer, Smolling, Kumbula, Kalafori, Kristante, Pellegrini (Vilyar, 78), Darbo (Diavara, 70), El-Shaaravi (Mayoral, 78), Shomurodov (Abraham, 62), Karles Peres (Dzanolo, 62). 

TsSKA Sofiya — Bude/Glimt 0:0

D guruhi
AZ — Yablonets 1:0
Gol: Gudmundsson (53).