«Biz ötgan yili bu borada birinçi qadamni qöygan edik. Unga köra, avvallari magistratura imtihonlarida mutaxassislik fanidan 55 balldan kam töplagan abituriyentlar keyingi bosqiçga kiritilmas edi. Endilikda öşa tartib özgarib, abituriyentlar testga kiritildi.
Biz hozir Vazirlar Mahkamasiga öşa abituriyentlarni ham magistraturaga qabul qiliş böyiça taklif berdik. Ammo bu yerda yana bir narsani esdan çiqarmaslik kerakki, oliy ta'lim muassasasi özining moddiy texnik ba'zasi va ilmiy salohiyatidan kelib çiqib hal qiladi.
Bunda qabul kontrakt asosida böladi va uning miqdori bir magistrantning bir yillik öquv xarajatlaridan kelib çiqadi. Bu bazaviy kontrakt miqdoridan biroz yuqori bölişi mumkin.
Biz bu böyiça yaqin 1 haftada e'lon beramiz. Qabul ballar ketma-ketligida böladi.
Men hozir bakalavr bosqiçida öqiyotgan va keyingi yil magistraturaga kiriş niyatida bölgan talabalarga ham eslatmoqçiman: keyingi yildan xorijiy til biliş böyiça sertifikati bölmagan talabaning hatto hujjati ham magistraturaga qabul qilinmaydi. Bu xorijiy tajriba. Xorijiy tilni örganiş uçun esa bir yil yetarli.
Hozir çet tiliga şunçalik urğu beriş şartmi degan e'tirozlar bildirilyapti, lekin til bilgan dunyo biladi. Talabaning bilimini, akademik bilimini oşiriş uçun ham çet tillaridan imtihonlar va talablar qöyilmoqda. Bu talablar doktaranturaga ham tegişli», – deya vazir Abduqodir Toşqulov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi oliy ta'limda öqiş uçun tölov-kontrakt miqdorlarini ma'lum qilgandi.








