Oliy ta’lim vazirligi magistratura bosqiçiga qöşimça qabul imkoniyatlari borligini e’lon qildi.

«2025/2026-öquv yili uçun magistratura bosqiçiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim taşkilotlariga yetkazildi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida öqişga kirolmagan abituriyentlar uçun qöşimça qabul imkoniyati mavjud. Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-öqituvçilar tarkibi inobatga olinadi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, qöşimça qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.

Qöşimça qabulda iştirok etişni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni oliş uçun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bölimiga murojaat qilişi mumkin.

Eslatilişiça, magistraturaga qöşimça qabul asosida öqişga kirganlarning tölov-kontrakt summasi oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.