Ozodlik radiosining ijtimoiy tarmoqlarida “Paxta, klaster va selektor” nomli maqolasini öqib qoldim. Maqolada adolatga töğri kelmaydigan ma'lumotlar ifodalangan   ekan. Men bu maqolaga öz munosabatimni bildirişni xohladim.

Bugungi kunda fermerlar uçun paxtani sotiş narxi va terimçilarga ham paxta terib olişda tölanadigan narxi oşdi. Endilikda fermerlar va klasterlar paxta yetiştirişdan foyda olmoqda. Sababi, klasterlar taşkil etilmasdan oldin, yerga kerakli bölgan öğitlar öz vaqtida yetkazib berilmagan. Yetkazib berilgan bölsa ham ustida “şapka”si bilan kelgan. Hozirgi kunda-çi, yerlarimizga öğitlar öz vaqtida, me'yorida yetkazib berilmoqda. Şu sababli paxta va ğalla hosillarini yetiştirişda yildan yilga sentner, tonnalarimiz yuqorilab boryapti.

2021 yilda bizning Yozyovon tumanida birinçi terimning özidayoq 50 sentnergaça paxta yetiştirgan fermerlar bor. Baraka topsin şunday fermerlarimiz.

Biz davlatimiz rahbarlari tomonidan tizimli yaratilgan körsatmalariga asosan, şunday yutuqlarga erişyapmiz deb öylayman. Biz ham fermer xöjaligimiz daromadidan hozirgi kunda tumanimiz aholisi ehtiyojlarini qondiriş, bozor munosabatlarini, ya'ni narxlarni mö'tadil saqlaş maqsadida, un zavodi qurganmiz. Hozirgi kunda donni qayta işlab tumanimiz aholisiga un mahsulotlarini yetkazib bermoqdamiz.

Yana şuni aytib ötiş lozimki, mahallamiz aholisi öz ixtiyori bilan paxta terib, qöşimça daromad olmoqda. Terim pullari terimçilarga öz vaqtida yetkazib berilmoqda.

Fermerlarga yiğiliş masalasiga kelsak, heç qanday yiğilişbozlik yoki boşqa majlisbozliklar bölayotgani yöq.

Paxta hosillarini umuman yerda qoldirmaymiz, çunki paxta biz fermerlarning “oltin”imizdir. Şu sababli Ozodlikda yozilgan maqola asossiz deb hisoblayman.

Olimov Mirzohid, Farğona viloyati, Yozyovon tumanidagi “Bahrombek” fermer xöjaligi rahbari. Ⓣ