“Birinçi navbatda banklar xususiylaştirilişi kerak” — Suma Çakrabarti

Özbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlaniş, boşqaruv va xalqaro hamkorlik böyiça maslahatçisi Suma Çakrabarti davlat boşqaruvida e'tibor qaratiş şart bölgan narsalar haqida töxtalib ötdi.

“2017 yilda Özbekistondagi reformalar boşlangan paytda köpçilikda ikkilanişlar bor edi. Ammo amalga oşirilgan özgarişlar biz kutgandan tezroq natija berdi. Xususan, valuta erkinlaştiriş siyosati buning bir körinişi. Bundan keyingi davrda davlat boşqaruvida ham ikkita narsaga e'tibor qaratiş juda muhim: töğri qaror çiqariş va uni töğri amalga oşiriş.

Özbekiston taraqqiyotda ildamlaşni istasa, töğri institutsional rivojlaniş böyiça işlarni jadallaştirişi kerak. Mamlakatda birinçi örinda banklar xususiylaştirilişi kerak, sababi ötiş davrida islohotlarning töğri ketma-ketlikda amalga oşirilişi kelajakda ularning yaxşi samara berişiga olib keladi. Xususan, biz hozir uçraşib turgan Hilton mehmonxonasi ham Toşkent şahar hokimiyatiga tegişli, uni xususiylaştiriş kerak. Ötgan davr mobaynida bozor ham, davlat ham köp narsani örgandi.

Özbekiston YaIMning 30 foiziga yaqinini qişloq xöjaligi beradi va bu yönalişda tayyor mahsulotlar eksportini oşiriş kerak. Bu soha Özbekiston uçun biznes kartoçka hisoblanadi”.

“Men supermen emasman” — Bo Inge Andersson

UzAuto Motors boş direktori Bo Inge Andersson avtomobilsozlik sohasidagi muammolar va kelajakdagi rejalar haqida fikr bildirdi.

“Avtomobilsozlik sanoatida Özbekiston hali juda yoş. 1996 yilda boşlangan uşbu tarmoqda hozirgi kungaça 3,6 million avtomobil işlab çiqarildi. Özbek bozorida avtomobilga bölgan talab juda yuqori. Mamlakatda har 1000 kişiga 77ta avtomobil töğri kelmoqda. Taqqoslaş uçun bu raqamlar har 1000 kişiga Qozoğistonda 208tani, Rossiyada 383tani, Germaniyada esa 555tani taşkil etadi.

Ayni paytda kompaniyamizda 12 ming kişi işlaydi, ammo bu tarmoqda bitta iş örni qöşimça tarzda dilerlik va xizmat körsatiş sohalarini ham hisoblaganda yana törtta iş örnini yaratadi. Bu kiçik kompaniya mamlakatda 50 ming kişini iş bilan ta'minlamoqda.