Özbekistonda sportning turli xil yönalişlariga qiziqib, musobaqalarda qatnaşayotgan yoşlar safi köpayib boryapti. Professional sport bilan şuğullanişni qat'iy niyat qilgan yoşlarning soni oşayotgani ham quvonarli.

Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoşlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etiş, keng jamoatçilik orasida soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş böyiça aniq vazifalarni belgilab bergan. Uşbu vazifalarni bajarişga qaratilgan dasturlarni amalga oşirişda PepsiCo kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy bottleri – International Beverages Tashkent ham öz hissasini qöşişga harakat qilib, mamlakatda turli sport yönalişlari: professional futbol,  xokkey, boks, oğir atletika va boşqa sport tadbirlarini taşkillaştiriş va ötkazişda faol iştirok etmoqda.

MOQ va International Beverages Tashkent kompaniyasi örtasidagi şu yilning may oyida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida respublikada ommaviy sportni faol qöllab-quvvatlaş, iqtidorli va qobiliyatli yoşlarni sportga jalb qiliş böyiça işlar taşkil etildi. Bu borada Özbekistonning eng yorqin va iqtidorli sportçilari bilan ham hamkorlik qilinyapti.

Xususan, Olimpiya öyinlarida taekvondo böyiça Özbekiston uçun birinçi oltin medalni qölga kiritgan Uluğbek Raşitov bilan mamlakatning 5 viloyatiga turne taşkillaştirilişi rejalaştirilgan.

Turne doirasida Olimpiya çempioni taekvondo böyiça sport maktablariga taşrif buyuradi, mazkur maktablarda bolalar çempion bilan şaxsan muloqot qiliş, özlarini qiziqtirgan savollarni beriş va sportçi hayoti bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega bölişadi. Uluğbek Raşitov har bir maktabda sportçi bolalarga txekvondo maşğulotlari uçun forma – doboklarni va boşqa sovğalarini topşiradi.

Uluğbek Raşitov bolaligidan sportga qiziqqan. Bunda, ayniqsa, Bryus Li va Van Damm iştirokidagi filmlarning ahamiyati katta. Bölajak çempion ularning usullarini takrorlaşga harakat qilar va otasi öğlining intilişini körib, uni sport tögaragiga berişga qaror qilgan edi.

Yoş Uluğbek murabbiy Pavel Xan qölida tahsil oladi va ustozi uni Olimpiya çempioniga aylantirdi.

“Taekvondodan voz keçib, futbolga borişni istagan paytlarim bölgan, çunki boşlanğiç pallada taekvondoda sezilarli yutuqlarga erişolmaganman. Lekin murabbiy meni har bir mağlubiyatim saboq ekanini aytib, qöyib yubormadi, qöllab-quvvatladi, rağbatlantirdi, şuning uçun men şu yönalişda qolişga qaror qildim va bundan afsuslanmadim”,