Mazkur taşabbus öta dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bölib, öquvçilarning IT yönalişidagi qiziqişlarini maktab yillaridanoq rivojlantiriş imkonini beradi. Bu esa kelajakda jahon bozorida öz örni va nufuziga ega bölgan yuqori malakali kadrlar tayyorlaşda beqiyos kömak bölişi aniq.

Ma’lumki, Prezident Şavkat Mirziyoyev IT-kadrlar tayyorlaş masalasiga bağişlangan yiğilişda har bir maktabga “Bir million dasturçi” loyihasini olib kiriş, şuningdek, jihozlanmagan maktablar uçun kamida 10 ta kompyuter xarid qiliş, har bir hududda IT-texnika maktablarini işga tuşirişni ta’minlaş böyiça topşiriq bergan edi.
Uşbu xayrli taşabbusni Toşkent şahar hokimligi hamda PepsiCo’ning Özbekistondagi rasmiy bottleri — “International Beverages Tashkent" kompaniyasi ham astoydil qöllab-quvvatlagan holda Nukus şahrining barça 51 ta umumta’lim maktablarini 800 dona zamonaviy kompyuterlar bilan jihozladi.

— Kompaniyamiz bundan oldin ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantiriş uçun hissa qöşişga harakat qilgan, Nukus şahridagi loyihamiz xuddi şu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir, – deydi PepsiCo kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy bottleri — "International Beverages Tashkent" MÇJ QKning marketing departamenti direktori Aleksandr Redkovets. — Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlaş uçun köpgina yönalişlarda amaliy işlar qilinyapti. Va biznes jamoatçiligi Davlat rahbarining uşbu muhim taşabbusini qöllab-quvvatlab, bu boradagi xayrli işlarga hissa qöşişga harakat qilyapti. Şu kunlarda Toşkent şahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyihamizga köra, Nukus şahrida joylaşgan barça maktablarga 3D modellaştiriş, grafik dizayn kabi zamonaviy dasturlaş ta’minoti uçun möljallangan kompyuterlarni tarqatdik. Eng muhimi, loyiha kompyuterlar tarqatiş bilan çeklanib qolmaydi, balki yoşlar ularni amaliyotda qöllay olişi, IT texnologiyalarni çuqur örganişi uçun ham PepsiCo kompaniyasining Özbekistondagi bottleri — "International Beverages Tashkent" boşçiligida zarur amaliy işlar qilinadi.

PepsiCo kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy bottleri — "International Beverages Tashkent" ijtimoiy ahamiyatga molik bunday loyihalarni ilk bor amalga oşirişi emas. Ötgan yillar davomida, ayniqsa, pandemiya va karantin davrida kompaniya turli xayriya loyihalari uçun tört milliard sömdan ziyod mablağ yönaltirdi. Bu mablağlar ÖSV-apparatlarini xarid qiliş, tez tibbiy yordam maşinalarini jihozlaş, kam ta’minlangan oilalarni qöllab-quvvatlaşga sarflangan.
















