AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) umumiy qiymati 19 million dollarga teng bölgan yangi beş yillik loyiha boşlanganini e'lon qildi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar bermoqda.

USAID’ning Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonda amalga oşiriladi. Yangi loyiha USAID’ning yillar mobaynida mintaqaviy savdo, korxonalarni rivojlantiriş va mintaqaviy aloqalarni yaxşilaşda erişilgan yutuqlariga asoslangan. 

USAID’ning Markaziy Osiyoda Savdo dasturi uçta asosiy strategik maqsadga erişiş uçun davlat va xususiy sektorga texnik yordam körsatişi nazarda tutilgan.

Birinçidan, dastur faoliyati moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytiriş, şuningdek, mintaqada iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş maqsadida bojxona va çegara nazorati tartibini uyğunlaştirişga yönaltiriladi. 
Ikkinçidan, dastur rivojlanişni rağbatlantiruvçi va investitsiyalar oqimini ta'minlaydigan islohotlarni amalga oşiriş uçun davlat va xususiy sektor orasidagi şeriklikni kuçaytiradi. 

Uçinçidan, manfaatdor tomonlar bilan Markaziy Osiyo mintaqasida ham, undan taşqarida ham transçegaraviy savdo hajmini oşiriş böyiça işlar olib boriladi.

Ma'lumot uçun, USAID rivojlaniş natijalarini erişişni tezlaştiriş ustida iş olib boruvçi xalqaro taraqqiyot sohasidagi dunyodagi yetakçi agentlikdir.