Malida harakatlanayotgan terrorçi guruhlarni tayyorlaş ortida Fransiya turibdi, bizda bu borada dalillar mavjud, dedi Mali boş vaziri Şogel Kokalla Maiga.
“Malidagi terrorçilar Liviyadan kelgan. Liviya davlatini kim vayron qildi? Fransiya ittifoqçilari bilan. Mali Fransiya bilan terrorizmga qarşi kuraşda hamkorlik qilganida biz razvedka ma'lumotlari va havo orqali qöllab-quvvatlaşni söragandik. Heç kim ulardan quruqlik orqali harbiy jönatişni söramagan. Fransiya Kona, Gao, Timbuktuda bu kelişuvga amal qildi. Kidalga yaqinlaşgaç esa, Mali harbiylarining u yerga kirişini taqiqladi”, – dedi u.
Mali boş vazirining sözlariga köra, fransuz qöşinlari Kidalda anklav hosil qildi va uni "Al-Qoida" bilan hamkorlik qiluvçi "Ansor ad-din" guruhi vakillariga berdi.
“Mali Kidalga kira olmaydi, u Fransiya tomonidan nazorat qilinadigan anklav. Bu yerda fransuz ofitserlari tayyorlagan qurolli guruhlar bor. Va bizda bunga dalillar mavjud”, – deb ta'kidladi u.
Avvalroq prezident Emmanuel Makronning nodöstona sözlari uçun Fransiya elçisi Mali taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgandi.
Makron Fransiya operatsiyalari tufayli terrorçilar Malida hokimiyatni egallay olmaganini aytgandi.












