Nomzod viloyatning bir neçta tumanlarida uçraşuvlar ötkazib, an'anaga köra daraxt ekiş aksiyasini boşlab berdi. Söng respublika böylab ötkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida mahalla nuroniylari bilan uçraşdi.
Narzullo Oblomurodov Döstlik tumanidagi mahallalarda bölib, mahalla ahlining kayfiyati, yaşaş tarzi, bu yerdagi özgarişlar bilan qiziqdi va mahalla obodligi borasida ham öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.

“Biz özgarişlarni, obodlikni birovlardan kutişimiz kerak emas. Hammamiz özgarişlarni öz xonadonimizdan boşlaşimiz kerak. Obodlik, avvalo, har bir insonning könglidan boşlanadi. Oddiy bir devorni ta'mirlaş va böyaş yoki köçat ötqaziş ham xonadonimizga özgaça bir körk beradi”, – dedi u.

Narzullo Oblomurodov saylovçilarni öz saylovoldi dasturi bilan taniştirar ekan, global iqlim özgarişlari, yildan yilga kamayib borayotgan tabiiy resurslar, çiqindilar muammosi va aynan Jizzax viloyatida bu sohada qilinişi kerak bölgan vazifalarga ham töxtalib ötdi.
“Yurtimizning har bir hududida yaşillikni saqlaş nihoyatda muhim. Çunki iqlim özgarişi oqibatida yozning issiq kelişi, anomal iqlim özgarişlari insonlar soğligiga, qişloq xöjaligi faoliyatiga, bir söz bilan aytganda butun Yer yuzidagi hayotiy jarayonlarga salbiy ta'sir körsatadi. Bu yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari qatorida iqlim özgarişlari böyiça tadqiqotlar olib borgan bir neça olimlarning borligi ham uşbu muammoning qançalik dolzarbligini isbotlab turibdi”, – dedi Ekopartiya nomzodi.













