Narzullo Oblomurodov Toşkent moliya instituti ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda OTM saytida xabar berilgan.
Narzullo Oblomurodov 1975 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda Birminghem universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça olim-iqtisodçi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
2000 yildan Özbekiston oliy ta’lim tizimida faoliyat körsatgan, xususan, Toşkent moliya instituti, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida ilmiy xodim, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, bank-moliya sohasida, davlat organlari tizimida, jumladan prezident administratsiyasi huzuridagi Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmatida ham işlagan.
2020 yil aprelida Özbekiston Ekologiya partiyasi raisi birinçi örinbosari bölgan, 2021 yil fevralida partiya raisiga aylangan va öşa yil oktyabridagi Özbekiston prezidentligi uçun saylovlarda nomzod sifatida qatnaşib, beş nomzod orasida törtinçi örinni olgandi. Saylovdan köp ötmasdan, 2021 yil dekabr oyi oxirida Ekologiya qömitasi raisi lavozimiga ötgandi.
2023 yil yanvarida esa hukumatdagi qisqartirişlar doirasida qömita tugatilgan, Özbekiston tabiat resurslari vazirligi taşkil etilib, unga Aziz Abduhakimov rahbar bölgan, Oblamurodov uning örinbosariga aylangandi. 2023 yil iyun oyida esa uşbu vazirlik Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi sifatida qayta nomlangan, Oblomurodov boşqa işga ötişi munosabati bilan vazir örinbosarligini tark etgandi.
Şuningdek, institut kuzatuv kengaşi tomonidan iqtisod fanlari doktori, professor Olimnazar Islomqulov Xalqaro hamkorlik böyiça prorektor etib tayinlandi.













