Vadim Abramov boşçiligidagi Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2022 saralaşi doirasidan örin olgan Yaman va Singapurga qarşi öyinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Maşğulotlar «Jar» stadionida bölib ötmoqda.
Tarkibdagi özgarişlarga keladigan bölsak, kengaytirilgan röyxatdan örin olgan Odil Hamrobekov, Oston Örunov, Dilşod Ahmadaliyev va Jasur Yaxşiboyev bugungi maşğulotlarda qatnaşişmadi. Ma'lum bölişiça, Abramov ularga javob berib yuborgan. Bu futbolçilardan ikkitasi – Oston Örunov va Jasur Yaxşiboyev olimpiya terma jamoasi maşğulotlariga qöşilişdi.
Legionerlarimizdan Odil Ahmedov, Otabek Şukurov va Timurxöja Abduxoliqov ayrim maşğulotlarni invidiual tarzda bajarişdi. Eldor Şomurodov va Ikrom Aliboyev esa Toşkentga yetib kelişgan, maşğulotlarga ertadan qöşilişadi.
Yana bir yangilik şuki, olimpiya terma jamoamiz a'zosi Sanjar Qodirqulov bugun milliy jamoa bilan şuğullandi. Abramov uni öng qanot himoyaçisi Hojiakbar Alijonovga zaxira varianti sifatida çaqirgan körinadi.
Şunday qilib, Abramov ixtiyorida 25 nafar futbolçi qoldi. Qaydnomadan 23 nafar futbolçi joy olişini inobatga olsak, yana 2ta futbolçiga javob berib yuborilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, milliy jamoamiz 10 oktabr kuni Yamanni qabul qilib, 15 oktabr kuni Singapur mehmoni böladi. Yaman milliy jamoasiga qarşi bahs «Paxtakor» stadionida bölib ötadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 17:00da boşlanadi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasi öz guruhida sönggi, 5-örinda bormoqda.











