Prokuratura u va uning atrofidagilar Avstriyadagi tabloidlardan biriga uning siyosiy faoliyatini ijobiy böyoqlarda tasvirlaş evaziga davlat hisobidan tölov qilişganini gumon qilmoqda.

Tergov fikriga köra, ular davlat mablağlariga sörovnomalarning hukmron partiya foydasiga soxtalaştirilgan natijalarini sotib olgan.

Bundan taşqari, iqtisodiyot va korrupsiya işlari böyiça prokuratura Kursni vazirlar mahkamasi rahbarining koalitsiyasini parokanda qilgan va muddatidan saylovlar ötkazilişiga olib kelgan «Ibitsa işi» böyiça gumonlanuvçilar röyxatiga kiritgan. Qayd etilişiça, Sebastyan Kurs avvalgi tergov vaqtida yolğon guvohlik berganlikda gumon qilinmoqda.

6 oktabr kuni korrupsiya işi böyiça suriştiruv doirasida Kursning bir neça maslahatçilari iş kabinetlarida tintuvlar ötkazilgani ma'lum bölgandi. Gumonlanuvçilar röyxatidan maslahatçi Ştefan Ştayner, OAV bilan işlaş böyiça mas'ul Gerald Flyayşmann, moliya vazirligi boş kotibi Tomas Şmidt, bir neça nafar matbuot kotiblari va sobiq rasmiy şaxslar örin olgan.

Prokuratura bayonotida naşr nomi keltirilmagan, ammo Avstriya matbuoti ma'lumotlariga köra gap Osterreich tabloidi haqida gap ketgan. Uşbu gazetaga egalik qiladigan holding Kurs uçun foydali bölgan sörovnoma taşkillaştiriş uçun davlatdan mablağ olmaganini bildirib çiqqan.

Şanba kuni Sebastyan Kurs televideniye orqali çiqiş qilgan hamda mamlakatda siyosiy inqiroz va xaos yuzaga kelişining oldini oliş uçun lavozimini tark etişini ma'lum qildi.

Juma kuni Kursning partiyasi hisoblangan Avstriya xalq partiyasi va «Yaşillar» partiyasini öz içiga olgan Avstriya hukumati halokat yoqasiga kelgandi. «Yaşillar» yetakçisi Verner Kogler Kursga qarşi suriştiruv işlari boşlanişi uni hukumat boşqaruvi uçun nomunosib şaxsga aylantirganini ma'lum qildi.

«Bizga barqarorlik kerak», dedi 35 yoşli Sebastyan Kurs iste'fosi haqidagi çiqişida va mamlakat pandemiya bilan kuraşayotgan çoğda Avstriyani siyosiy inqiroz holatida qoldiriş katta mas'uliyatsizlik bölişini qöşimça qildi.

Sebastyan Kurs kansler lavozimiga mamlakat taşqi işlar vaziri Aleksandr Şallenbergning nomzodini taklif etdi, şu bilan birga, u Avstriya xalq partiyasi raisi lavozimini saqlab qoladi va uning parlamentdagi fraksiyasiga rahbarlik qilişda davom etadi.

«Yaşillar» hozirça Şallenbergni kansler lavozimiga tayinlaş böyiça taklifga javob bermadi.