Buxorodagi Bukhara Desert Oasis ekoturizm klasterida «Zakovat» intellektual Breyn-ring musobaqasining final bosqiç öyinlariga start berildi.

Bu bosqiçga hududiy musobaqalarda omadli iştirok etgan 4tadan jamoa yetib kelgan.

Buxorodagi bosqiçda 11 viloyatning 44ta eng kuçli jamoalari, şuningdek, Toşkent va Toşkent viloyati va Samarqanddan aniqlangan 2 ta ğolib jamoasi (bu uç hududda yakuniy ğoliblar aniqlab bölingan) iştirok etmoqda.

Birinçi bosqiçda har bir viloyat jamoalari özaro bahs olib borişmoqda. Birinçi örinni egallagan viloyatlar ğoliblari 100 million sömdan mukofot oladi. Ikkinçi örin uçun 20 million sömlik, uçinçi örin uçun 10 million sömlik mukofot taqdim etiladi.

Bugungi öyinlarda hozirça uçta hudud - Andijon, Buxoro va Farğona viloyatlari böyiça ğoliblar aniqlandi.

Andijon viloyati böyiça final «Burgutlar» va 66-jamoa örtasida keçdi va unda ikki öyinda «Burgutlar» 5:0 va 4:2 hisoblarida ustun keldi.

Foto: Zakovat intellektual klubi

Buxoro viloyati böyiça 93-jamoa «Bermud» jamoasidan ikki öyinda 4:2 va 4:0 hisoblarida ustun keldi.

Foto: Zakovat intellektual klubi