Çirçiq şahridan tahririyatimizga kelib tuşgan şikoyatda suvi, “sveti” yöq qabriston haqida yozişibdi.
Avvaliga: “Tiriklarning şunça muammosi turib, özga dunyoga köçib ötgan, bu dunyoda jonsiz tanasi qayerda yotgani u uçun ahamiyatsiz bölganlarning “muammosini” kötaramizmi?” dedik özimizga özimiz. Ammo öşa qabristonga aziz kişisini – otasini qöygan opa-singilning qayta-qayta qilgan iltimosiga doş berolmay, u yerga bordik. Şundagina tuşundik, his qildik – garçi öliklarga tanasi qayerda yotganining farqi bölmasa-da, yaqin kişisini yerga qöygan tiriklar uçun buning ahamiyati bor ekan…

“Otamizni yöqotdik. Mehribon, ğamxör otamizni yöqotdik, – deya söz boşladi Dilnoza Toğayeva. – Otam Çirçiq şahriga harbiy xizmatçi bölib işga kelganlar, Çirçiq şahri yangi barpo etilayotgan paytlar edi, xizmatni ötab, şu yerda oila qurib, qariyb 60 yilga yaqin Çirçiqda yaşadilar. Hamişa şahar obod bölişiga, kökalamzorlaştirişga xarakat qilgan insonlardan bölib kelganlar.

Şahardagi 14-sonli qabristonga dafn etdik. Qabristonga kelar ekanmiz, uning xarob ahvoli dilimizni vayron qildi. Tuşunaman, ölganlarga qayerda yotiş muhim emas. Biroq...
Otamning farzandi sifatida va şu yerda yotgan barça indamaslar olamiga köçgan insonlar haqi-hurmati şu yerni obod qilişga bel boğladik. Ammo köp sonli murojaatlarimiz hokimiyat va mutasaddi rahbarlar tomonidan bepisandlik, beparvolik bilan rad etib kelinmoqda”.
Çirçiq şahri “Ma'rifat” MFY raisi Anvarxon Mahsumov bilan ham suhbatda böldik.

“Men bu mozor töğrisida çopaverib, bormagan joyim qolmagan. Hammaga aytganman: “Mana şu mozor – hammamizning kelajakda kelib yotadigan uyimiz. Kelinglar, şu yerni obod qilaylik”, deb. Obodonlaştiriş boşqarmasining rahbari mana şu mozorimizni hali kelib körmagan. Keça prezident portaliga murojaat qilingani uçun, şu yerni telefonda lokatsiya bilan topib kelibdi. Bu qanaqasi, şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi rahbari mozori qayerdaligini bilmasa?!




















