Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Misrdagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Oliy Majlis Senatining 2021 yil 8 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Mansur Qilichev O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
M.Qilichev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.
2012-2013 yillarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni podshohligidagi elchixonasi birinchi kotibi. 2013-2019 yillarda O‘zbekistonning Dubay shahridagi (BAA) bosh konsuli bo‘lgan.
2019-2020 O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot tahliliy markazi direktori o‘rinbosari – yig‘ma tahliliy bo‘lim boshlig‘i. 2020 yildan elchi lavozimiga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mavzuga oid
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025
O‘zbekiston–Misr: to‘qimachilikda qo‘shma korxonalar tashkil etiladi
12:45 / 13.12.2025
Netanyahu Misrga bormoqchi. Gaz bo‘yicha megakelishuv imzolanishi mumkin
12:13 / 13.12.2025