Qaşqadaryoda bölib ötgan saylovoldi tarğibotlarida işonçli vakil Nosir Halimov viloyatning Ğuzor tumani aholisi bilan uçraşdi. Aholi tomonidan köp murojaatlarga sabab böladigan toza içimlik suvi, çiqindi muammosi va daryo uzanlaridan qum-şağallarning noqonuniy taşib ketilişi masalalari nomzodning saylovoldi dasturidan örin olgan asosiy loyihalardan biri ekanligini ta'kidladi.

“Darhaqiqat, bugun dunyo aholisi çiqindilarni saralangan holda töplaş amaliyotiga e'tibor qaratmoqda. Ma'lumotlarga köra, deyarli barça mamlakatda qattiq maişiy çiqindilar salmoği aholi jon boşiga har yili bir foizga ortib bormoqda.

Foto: Ekologik partiya

Çiqindilar bir tomondan obodlikka putur yetkazsa, ikkinçi tomondan ekologik muammolarni keltirib çiqaradi. Eng yomoni – inson salomatligi va ma'naviy hayotiga jiddiy xavf tuğdiradi”, – dedi u.

Samarqand viloyatida ötkazilgan saylovoldi tarğibotida Ekopartiya viloyat kengaşi raisi B.Abdullayev yiğilganlar prezidentlikka nomzod tomonidan e'tibor qaratilayotgan ekologik muammolarni bartaraf etiş loyihalari haqida ma'lumot berdi.

Şuningdek, dasturda global rivojlaniş şaroitida vujudga kelgan çiqindi muammolarini samarali hal etiş maqsadida maişiy va sanoat çiqindilarini qayta işlaş hajmini oşiriş böyiça aniq maqsadlar hamda xususiy şerikçilik asosida çiqindilarni qayta işlaş orqali daromadli sohaga aylantiriş böyiça taklif etilgan yeçimlar tahlil qilindi.