Hal qiluvçi bahsda Xorazm jamoasi Navoiyni ikki ranud natijasiga köra umumiy 9:5 hisobida mağlub etib, respublika çempioniga aylandi. Bu finalning öziga xosligi şunda ediki, unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.
Final öyini yakunida sözga çiqqan prezident doim «Zakovat» öyinlarini jonli kuzatişni istagani, bahslarni televizor orqali körib borişi haqida gapirdi. Şavkat Mirziyoyev mamlakat kelajagi ilmga intilgan yoşlar qölida ekanini yana bir bor ta'kidladi. Prezident «Zakovat» klubi asosçisi Abdurasul Abdullayev va klubning maşhur vakillari Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, Xuşnud Xudoyberdiyevga minnatdorçilik bildirdi. Finaldan keyin Abdurasul Abdullayev hamda ğolib bölgan Xorazm jamoasi a'zolari davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Prezident Toşkentning sölim joylaridan birida «Zakovat» klubi uçun bino qurib berilişi, «Zakovat» stipendiyasi joriy etilişi, intellektual öyinlar böyiça prezident sovrini uçun musobaqalar taşkil etilişini ma'lum qildi. Şavkat Mirziyoyev «Zakovat» klubini moliyalaştiriş muhim ekanini aytib, bu uçun 50 milliard söm ajratilişini e'lon qildi.
Tadbirda sözga çiqqan «Zakovat» klubi asosçisi Abdurasul Abdullayev «Zakovat» uzoq yillar homiy yöqligidan qiyinçilikka uçragani va oqibatda ötgan yili efirdan olinganini açiniş bilan esladi. Loyihaning asosçisi va boşlovçisi 2021 yil avvalida yana efirga qaytgan «Zakovat» oddiy teleöyin bölib emas, katta intellektual yoşlar harakatida aylanib qaytganini ta'kidladi.
Musobaqa ğolibi bölgan Xorazm jamoasi a'zolari bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanişdi.




































