Ota-ona mehridan mosuvo bu bolalar Mehribonlik uylariga topşirilmagan, yaqin qarindoşlari tomonidan vasiylikka olinib, oilalarda tarbiya topayotgan bolalardir.

Loyiha asosçilaridan biri Doston Ubaydullayev Kun.uz bilan suhbatda loyiha boşqa hududlarda ham taşkil etilişini ma'lum qildi.

Doston Ubaydullayev

“Bugun bu yönalişdagi 4-tadbirimiz ötkazilyapti. Bu gal Şayxontohur tumanidagi şunday bolalarni xursand qilişni niyat qildik. Ularni topişda bizga yaqindan yordam bergan tuman hokimligiga ham minnatdorçilik bildiraman.

Toşkent şahridagi barça tumanlarda şunaqa tadbirlar ötkazişni möljallagan edik. Fikrimizni özgartirişimizga töğri kelyapti, çekka hududlardayam şunday bolalar bor va ular ham mehrga muhtojligi sabab viloyatlarda ham “60 kabutar” loyihasini taşkillaştirişni niyat qildik.

Bir narsa bizni xursand qiladi: ayrim viloyatlarda ham saxovatpeşa insonlar tomonidan şunaqa tadbirlar ötkazilayotganiga guvoh bölyapmiz. Ularga ibrat bölganimizdan xursandmiz, şu kabi loyihalar köpaysa, maqsadimizga yetgan bölamiz.

Oldingi loyihalarimizda sovğalarni özimiz tayyorlagan edik. Bu gal özgaça yondaşdik: bolalarning yoniga birma-bir borib ularning orzulari, nima olişni xohlayotganliklari bilan qiziqdik. Kimdir kompyuter, kimdir velosiped söraşini, yana kimdir öquv markazida tahsil olişni, ammo imkoniyati yöqligini aytdi. Şunga qarab biz ularga sovğa hozirladik va bugun ularni topşiramiz”, – dedi loyiha taşabbuskori 13 oktabr kungi tadbirda.

Doston Ubaydullayev homiylik yordami körsatgan barça saxovatli insonlarga va hamkorlikda iş olib borayotgan öquv markazlariga taşakkur bildirdi.