Navoiylik saylovçilar bilan uçraşuvda nomzod atmosfera havosini muhofaza qiliş, uning sifat körsatkiçlari ekologik normativlarga muvofiqligini ta'minlaş, atmosfera havosini muhofaza qilişni ta'minlovçi ekologik xavfsizlik talablariga alohida e'tibor qaratiş lozimligi haqida gapirdi.
Narzullo Oblomurodovning aytişiça, joylarda atrof-muhitni me'yoridan ortiq ifloslantiruvçi manbalarni aniqlaş orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qiliş, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etişning huquqiy asoslari işlab çiqiladi.
Şuningdek, atmosfera havosiga salbiy ta'sir körsatuvçi har qanday xöjalik faoliyati turlarini ifloslantiruvçi moddalarni tozalaş uskunalari bilan jihozlamasdan loyihalaştiriş taqiqlanadi va atmosfera havosiga uglerod, azot birikmalari, metan va boşqa gazlar çiqarilişini hamda çang miqdorini 1,5 barobarga kamaytiriş yölga qöyiladi.

“Energetika sohasining asosiy drayveri innovatsion texnologiyalar ekanligini inobatga olgan holda sohada quyidagi ustuvor yönalişlarga e'tibor qaratiladi.
- energiya iste'moli tejamkorligini rağbatlantirişning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş;
- qayta tiklanuvçi va muqobil energiya manbalari sohasida bozor mexanizmlarini tatbiq etiş, energiya resurslari bozorida xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş;
- çekka va olis hududlarda qayta tiklanuvçi va muqobil energiya manbalaridan foydalanuvçilarni qöllab-quvvatlaş;
- energetika sohasida yalpi içki mahsulotga nisbatan uglerod sarfi hajmi kamayişiga va 2050 yilda töliq voz keçişga erişiş, sohada innovatsion yeçimlarni tatbiq etişni rağbatlantirişni maqsad qilganmiz”, dedi prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov.













