“Toşkent viloyati bir vaqtlar özining noyob boğdorçilik maktabi bilan nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham şuhrat qozongan. Viloyatdan yetişib çiqqan, “Rizamat” uzum navining muallifi Rizamat Musamuhammedov, limonning öndan ortiq serhosil navlarini yaratgan Zayniddin Faxriddinov, “Yusupov” nomli maşhur pomidor navining muallifi Karim Yusupov, boğdorçilik ilmining haqiqiy jonkuyari, akademik Mahmud Mirzayev, atoqli sohibkor, Özbekiston Qahramoni Tojiboy Rizayev singari zahmatkaş insonlarning mehnatlari, xalqimiz uçun bugungi kunda ham öz mevasini bermoqda.
Xususan, Rizamat ota Musamuhamedovning uzumçilik sohasidagi natijalari Fransiya, Bolgariya, Vengriya, Italiya kabi köplab davlatlarda ham, bugun keng qöllanayotgani barçamizga iftixor bağişlaydi. Ana şunday usta sohibkorning xotirasini abadiylaştiriş maqsadida, Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumçilik ilmiy-amaliy markazini taşkil qilsak, har yili xalqimiz, xorijiy mehmonlar va sayyohlar iştirokida Uzum sayli ötkaziş an'anasini yölga qöysak, har tomonlama töğri böladi. Bu taklif ham sizlarga ma'qulmi?
Bugungi kunda viloyat hayotida özining samarali mehnati va ibratli faoliyati bilan el-yurt hurmatini qozongan Saydali Rahmonov, Alim Töyçiyev, Jonsaid Turdiyev, Aleksandr Farmonov singari qahramonlarimiz, Abduhoşim Mutalov, Turop Xoltoyev, Ummatqul Mirzaqulov, Zokirjon Almatov, Sayfulla Asatov, Abdumajid Şodiyev, Alinazar Egamnazarov, Viktor Pak, Farida Ibragimova, Usmon Jörayev kabi muhtaram faxriylarimiz Toşkent viloyatining şon-şuhrati va obrösini oşirişga munosib hissa qöşib kelayotganini alohida ta'kidlamoqçiman”, dedi prezidentlikka nomzod.
Şavkat Mirziyoyev Parkentda Uzumçilik markazi taşkil etişni taklif qildi
16:52 / 16.10.20214 2382 min
Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumçilik ilmiy-amaliy markazi taşkil qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda ma'lum qildi.









