Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida joylaşgan boğçada oşpaz va xöjalik işlari mudiri göşt öğirlagani tasvirlangan video tarqalgan. Holat böyiça viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi munosabat bildirdi. Unga köra, holat tasdiqlangan va boğça mutasaddilarining xatti-harakatlariga huquqni muhofaza qiliş boşqarmasi qonuniy baho beradi.

Ma'lum qilinişiça, Paxtaçi tuman Hayit Elbegi mahallasida joylaşgan 28-sonli boğça boş oşpazi O‘.A. pişirilgan 4,7 kilogramm göştni olib avval kirxonaga yaşirib qöygan. Söng uni boğçaning xöjalik mudirasi M.E.ga bergan.

Xöjalik mudirasi M.E. 4,7 kilogramm pişirilgan göştni boğça hovlisidan olib çiqib ketayotganda şu boğçada tarbiyaçi bölib işlaydigan N.N hamda M.U tomonidan töxtatib qolingan va holat video va audio şaklda yozib olingan.

Qayd etilişiça, uşbu holat böyiça boğça boş oşpazi O‘.A. hamda xöjalik mudirasi M.E. bilan suhbat ötkazilganda ular 28-boğça direktori Ş.U.ning topşiriği va körsatmasiga ançadan buyon göşt öğirlaşlarini aytişgan. Ular boğça tarbiyaçilari N.N hamda M. U.ning aytgan gaplarni va ular tomonidan olingan video va audio yozuvlardagi lavhalar töğri ekanini öz tuşuntiriş xatlarida tasdiqlagan.

Ta'kidlanişiça, hozirda 28-boğça boş oşpazi O‘.A. va xöjalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

«28-maktabgaça ta'lim taşkilotidagi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi mutasaddi taşkilotlar tomonidan qonun doirasida tegişli çoralar körilişini ma'lum qilamiz», deyiladi munosabatda.