Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida odamlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi.

Kun.uz’ning aniqlaşiça, 9-oktabr kuni tumanning Mirkan mahallasida yaşovçi erkak skuterni boşqarib borayotib, Cobalt maşinasi bilan töqnaşgan. Bu paytda skuterda erkakning turmuş örtoği va nabirasi ham bölgan.

YTH oqibatida 57 yoşli S.A. va uning 2 yoşli nabirasi X.H halok bölgan. Skuter boşqaruvidagi şaxs tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli oğir ekani aytilmoqda.

Samarqand viloyati YHXB holat yuzasidan rasmiy xabar berdi.

Aniqlik kiritilişiça, mazkur YTH 9-oktabr kuni soat 13:00 atrofida Paxtaçi tumanidagi «Mirkan» MFY hududidan ötuvçi 4K-560 avtomobil yölining 14-kilometrida sodir bölgan.

IIB maʼlumotiga köra, Cobalt haydovçisi Mirkan – Misit yönalişida harakatlanayotgan vaqtda yölning öng tomonidan tösatdan çiqib qolgan velosipedçini urib yubormaslik uçun rulni çapga burgan. Natijada boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va öz yönalişida qatnov qismining çap çetidan harakatlanayotgan elektroskuter bilan töqnaşgan.

Hodisa oqibatida elektroskuterda bölgan bir nafar yölovçi voqea joyida vafot etgan. Haydovçi va yana bir yölovçi şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, yölovçi şifoxonada vafot etgan.

Maʼlumot uçun, 2026-yilning dastlabki 9 oyida moped va skuterlar iştirokida 563 ta YTH sodir bölgan. Oqibatda 89 kişi halok bölgan, 488 kişi tan jarohati olgan.