GETTY IMAGES

AQŞning birinçi qora tanli davlat kotibi va yuqori martabali harbiy ofitser duşanba kuni 84 yoşida kovid asoratlari oqibatida olamdan ötdi.

«U koronavirusga qarşi töliq emlangandi. Biz Uolter Rid nomidagi Milliy tibbiy markaz xodimlariga davolanişda körsatgan yordamlari uçun minnatdorçilik bildiramiz. Biz ajoyib şaxs, sevimli turmuş örtoq, ota, buva hamda buyuk amerikalikni yöqotdik», deyiladi Pauellar oilasi bayonotida.

Kolin Pauell professional harbiy bölgan. 1960-yillarda armiyadagi xizmat vaqtida Vetnam uruşida qatnaşib, ikki marta jarohatlangan. Bu tajriba unga keyinçalik harbiy va siyosiy karera qilişda qöl keladi.

Vetnam uruşi va kareraning boşlanişi
Kolin Lyuter Pauell 1937 yil 5 aprelida Nyu-Yorkda, Garlem tumanida yamaykalik immigrantlar oilasida tuğilgan. U özi haqida hikoya qilişiça, maktabda örtamiyona öquvçilardan bölgan va maktabni tugatayotganida kelajak uçun heç qanday katta rejalari bölmagan.

Pauell Vetnam uruşida ikki bor jarohat olgan / POWELL FAMILY PHOTO

Nyu-Yorkdagi Şahar kollejida geologiyani örganiş çoğida u Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş korpusiga yoziladi - köplab oliy ta'lim muassasalarida şunday bölimlar bölgan. Bunday bölimlarning maqsadi kelajakda harbiy boşliqlar çiqişi mumkin bölgan yoşlarni aniqlaş hisoblangan.

Pauell geologiyani örganişda davom etadi, ammo keyin korpusda tayyorgarlikdan ötadi. 1958 yilda, ofitserlarni tayyorlaş dasturini tamomlagaç, harakatdagi armiya safiga ötkaziladi. U Jorjiya ştatida harbiy tayyorgarlikni ötaydi, keyinroq eslaşiça, bu yerda uni terisining rangi tufayli bar va restoranlarga kiritişmagan.

1962 yilda Pauel Vetnamga yöl oladi - öşanda prezident Kennedi kommunistik Şimolga qarşi jang qilayotgan mahalliy armiyaga kömak uçun minglab harbiy mutaxassislarni yuborgandi. Bu safar vaqtida u "panji" qopqoniga (qazilgan öra va unga qoqilgan qoziqlar) tuşib qolib, jarohatlanadi. 1968 yilda Pauell Vetnamga qaytadi va özi bilan birga uçgan uç nafar safdoşini qulagan va yona boşlagan vertolyot içidan çiqarib olgaç, jasorat ordeni bilan taqdirlanadi.

Pauellga harbiy xizmatçilardan biri tomonidan yozilgan xatdagi ayblovlarni tekşiriş böyiça topşiriq beriladi, xatda 1968 yil martida Songmida yuzlab tinç aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar ommaviy qotillik qurboni bölgani haqida yozilgandi.