Sport | 02:03 / 20.10.2021
10392
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. Masharipov 79 daqiqa o‘ynagan bahsda «Al Hilol» «An Nasr»ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Foto: Al Hilol

Osiyo Chempionlar Ligasida ilk finalchi ma'lum bo‘ldi. 

G‘arb mintaqasida o‘tgan yarimfinalda Saudiya Arabistonining ikki klubi «An Nasr» va «Al Hilol» to‘qnash kelishdi. Unda turnirning tajribali klubi «Al Hilol» g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi. Marega va Ad Dovsarining gollariga Taliska bir bor javob berdi. «An Nasr»da o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov 79 daqiqa harakat qildi.

20 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi yarimfinalda Janubiy Koreya klublari «Poxan Stilers» va «Ulsan» o‘zaro bahs yuritishadi.

OChL. Yarimfinal
An Nasr — Al Hilol 1:2

19 oktabr, «Mrsool Park»
Gollar: Taliska (50) — Marega (17), Ad Dovsari (71). 
An Nasr — Abdulla, Al G‘annam (Xolid, 86), Al Amri, Madu, Al Avjami, Al Haybari (Al Obayd, 46), Al Sulayhi (Al Hassan, 79), Asiri (Al Naji, 65), Taliska, Masharipov (Abubakar, 79), Hamdallah.
Al Hilol — Al Mayuf, Al Burayk (Al Olayan, 88), Chan, Al Bulayhi, Ad Dovsari (Al Yami, 90+1), Al Faraj, Kano, Pereyra (Jahfali, 88), Marega (Ash Shahroni, 46), Ad Dovsari, Gomis (Ash Shehri, 76).
Chetlatish: Al Avjami (45+2).

Mavzuga oid