Kun.uz'ning Facebook sahifasida 14 oktyabr kuni e’lon qilingan maqolalardan birining ostiga foydalanuvçilardan biri Navoiy şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Yusuf Tursunov sud hukmi bilan mansabdorlik va moddiy javobgarlik işlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan bölsa ham, öz lavozimida qolayotgani haqida izoh qoldirdi.

Şundan söng bu masala tafsilotlarini örganişga qaror qildik. Taassufki, izoh qoldirgan foydalanuvçi haq bölib çiqdi.

Yusuf Tursunov katta miqdordagi budjet mablağini şeriklari bilan qanday ömargan?

Sud hukmiga köra, Yusuf Tursunov 2019 yilda boşqarma boş hisobçisi U.Xafizov, “Paradise System Servise” MÇJ mansabdor şaxslari bilan özaro jinoiy til biriktirib, 690 dona köça çiroğini sotib oliş uçun (har birini 1 million 204 ming sömdan) jami 997 million 50 ming söm mablağni jamiyat hisob raqamiga köçirgan.

Ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur turdagi çiroqning bir donasi 384 ming söm bölgan. Şu tariqa, köçirilgan pulning 264 million 960 ming sömiga 690 dona çiroq olingan, 732 million sömi esa talon-toroj qilingan.

Yusuf Tursunov jinoiy harakatlarini davom ettirib, boşqarma boş hisobçisi U.Xafizov, “Immortal Grand Savdo Service”MÇJ mansabdor şaxslari bilan til biriktirgan holda ikkinçi bor yana şu “uslub”da budjet mablağini ömargan. Bu safar har biri 384 ming söm bölgan 700 dona “Slatek LED Street Light-200W” köça çiroği 650 ming sömdan hamda har birining donasi 272,2 ming söm bölgan 650 dona “Energomax EMX-0103/150W” köça çiroği 480 ming sömdan sotib olingan. Talon-toroj qilingan summa esa 321 million 220 ming sömni taşkil etgan.

Navoiy şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Yusuf Tursunov jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2021 yil 4 martdagi hukmiga asosan, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 45-moddasi qöllangan holda 1 yil 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik işlarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, oylik iş haqining 10 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosiga tortiladi.

Navoiy viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2021 yil 18 avgustdagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmiga qisman özgartiriş kiritilib, Yusuf Tursunovga tayinlangan axloq tuzatiş işlari jazosi muddati 3 yildan 2 yil 7 oyga qisqartiriladi. Unga tayinlangan mansabdorlik va moddiy javobgarlik işlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş tarzidagi qöşimça jazo özgarişsiz, öz kuçida qoladi.