Moskva arbitraj sudi Şveytsariyaning Sqwin SA kompaniyasi da'vosi böyiça Rossiya hududida Samsung smartfonlarining 60dan ortiq modeli sotuvini taqiqladi.  

Sud qaroriga köra, Samsung Electronics Co Ltd. kompaniyasi va «Samsung Elektroniks Rus Kompani» distribyutoriga Samsung Galaxy Z Flip, Samsung Galaxy Fold, Samsung Galaxy S21 va Samsung Pay tölov servisi örnatilgan boşqa modellarni olib kiriş va sotiş taqiqlandi.

Sqwin SA kompaniyasining ta'kidlaşiça, Koreya kompaniyasining tölov servisi Şveytsariya kompaniyasining elektron tölov tizimiga olgan patentini buzadi. Iyulda sud Sqwin SA talabi bilan Rossiyada Samsung Pay tizimidan foydalanişni taqiqlagandi.

Sudga sabab bölgan 2686003-raqamli patentda «xaridorning mobil qurilmasi va sotuvçining kassa tizimi bilan simsiz boğlangan holda onlayn tölovni amalga oşiriş usuli» körsatilgan. Uning muallifi Viktor Gulçenko bölib, Rossiyada patentga ariza 2013 yilda berilgan.