21 oktyabr kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov bugungi kunda 14ta bankda islom darçasini yölga qöyiş ustida işlar boşlangani va bunda islom tamoyillari asosida kredit beriş işlari amalga oşirilişi haqida gapirdi.
“14ta bankda islom darçalarini yölga qöyiş ustida işlar ketmoqda. Biz oldin juda oddiy öylar ekanmiz. Islom davlatlari banklarida özining ma'lum jihatlari bor ekan. Ya'ni men sizga islom tamoyillari asosida kredit berişim uçun men sizga beradigan resursni ham islom tamoyillari asosida jalb qilişim kerak böladi. Ya'ni men foizga depozit jalb qilib sizga islom tamoyili asosida kredit bersam, siz olmasligingiz mumkin. Çunki depozit jalb qiliş islom tamoyiliga javob bermaydi. Bu borada biz, eng avvalo, islom moliyasi böyiça savodxonlikni oşiriş borasida ma'lum işlarni amalga oşirişimiz kerak”, — dedi Markaziy bank raisi.
Uning ta'kidlaşiça, islom moliyasiga oid qonun loyihasi qonunçilik palatasida birinçi öqişdan ötgan.
“Uşbu qonun loyihasida islom moliyasi böyiça operatsiyalarni amalga oşiriş uçun mikromoliya taşkilotlariga ruxsat berganmiz. Bu borada tegişli normativ hujjatlar işlab çiqiliş jarayonida. Asosiysi, şu vaqtgaça e'tibor bermagandim, islom moliyasi rivojlanişi uçun fatvo beradigan musulmonlar idorasi ham kerak ekan. Ya'ni Malayziya va Indoneziyadagi musulmon idoralari şunaqa fatvoga ega ekan. Ya'ni bu juda murakkab va nozik jarayon. Bu nozik tomonlariga e'tibor bermay, mana, islom banki böldi degan bilan közlagan natijaga erişa olmaymiz. Bosqiçma-bosqiç bu işlarni amalga oşirib, mikrokredit taşkilotlardan keyin tijorat banklarida islom moliyasi darçasini oçiş lozim”, — dedi Mamarizo Nurmurotov.
Avvalroq, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari Ilhom Norqulov Özbekistonda islom moliyasi rivojlanmaganining sababi sifatida islom moliyasi tizimining “murakkabligi”, aholining banklarga işonçi va moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi bilan izohlagandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1–4 sentyabr kunlari Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida Islom taraqqiyot banki (ITB) boşqaruvçilar kengaşining 46-yillik yiğilişi bölib ötdi.













