Saylov uçastkalarining 7 259 tasi maktablar, 696 tasi kollejlar, 515 tasi tibbiyot muassasalari, 151 tasi oliy öquv yurtlari, 597 tasi fuqarolar yiğinlari binolari, 510 tasi madaniyat va sport markazlari, 37 tasi savdo markazlari, 38 tasi sanatoriyalar, 87 tasi Davlat xizmatlari agentligi, 12 tasi qamoqda saqlaş joylari (tergov hibsxonalarida), 6 tasi jazoni ijro etiş muassasalari, 168 tasi harbiy qismlar, 706 tasi boşqa obektlarda joylaşgan.

Markaziy saylov komissiyasining ma'lum qilişiça, Saylov kodeksiga muvofiq respublika böyiça 10 760 ta saylov uçastkasi taşkil etilgan. Şundan 1 203 tasi Farğonada, 1 111 tasi Samarqandda, 1001 tasi Qaşqadaryoda, 988 tasi Toşkent viloyatida, 931 tasi Andijonda, 860 tasi Surxondaryoda, 831 tasi Namanganda, 797 tasi Toşkent şahrida, 656 tasi Qoraqalpoğistonda, 610 tasi Buxoroda, 553 tasi Xorazmda, 524 tasi Jizzaxda, 411 tasi Navoiyda, 284 tasi Sirdaryoda joylaşgan.

Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning aytişiça, içki işlar organlari kuzatuvida 18 546 080 dona saylov byulleteni respublikadagi barça saylov okrugi va uçastkalariga yetkazib berilgan.

“Saylov uçastkalari joylaşgan barça binolar ovoz beriş kunidan oldin sapyor mutaxassislarni jalb etgan holda töliq tekşiriladi va 23 oktabr soat 18:00 ga qadar qöriqlovga olinadi. Şu maqsadda ovoz beriş kuni saylov uçastkalari hamda uning atrofida jamoat xavfsizligini ta'minlaş uçun 53 670 nafar huquq-tartibot va jamoatçilik vakillari xizmatga jalb etiladi.

Ular tomonidan ovoz beriş jarayoniga hamda uçastka saylov komissiyalari va kuzatuvçilarning faoliyatiga aralaşmasdan saylov uçastkalarida karantin qoidalariga töliq rioya qiliş va turli noxuş hodisalarning oldini oliş çoralari köriladi. Şuning uçun barça joylarda yonğin öçiriş bölinmalarining jangovar hisoblari va tez tibbiy yordam xizmatlarining uzluksiz navbatçiligi taşkil etildi.

Har bir saylov uçastkasi binosi atrofida hududiy profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari va yöl-patrul xizmati xodimlarining xizmati yölga qöyildi. Turli noxuş holatlar va ularning ijtimoiy xavfli oqibatlarini bartaraf etiş uçun har bir hududda alohida zaxira kuçlari töliq şay holatga keltirildi”, deya Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident saylovi 2021 yil 24 oktyabrga belgilangan. Saylovda «Milliy tiklaniş»dan partiya yetakçisi Alişer Qodirov, ÖzLiDePdan amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova Özbekiston prezidentligi uçun kuraş olib borişadi.

MSK ma'lumotlariga köra, Özbekistondagi saylovçilar soni qariyb 21,2 million kişini taşkil qiladi. Uşbu prezident saylovida mahkumlar ham ilk marta ovoz berişadi. 14–20 oktabr kunlari 421 618 nafar özbekistonlik prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berişga ulgurgan.