Google kompaniyasi Jio Phone Next smartfonini namoyiş etdi.

Jio Phone Next - Google va Hindistonning Reliance Jio kompaniyasi birgalikda işlab çiqargan mahsulot.

Qurilma 720×1440 pikselli diagonali 5,5 dyuym bölgan HD+ ekran bilan jihozlangan. Unga tört yadroli Snapdragon 215 protsessori, Adreno 306 grafik tezlatkiçi va Android 11 Go operatsion tizimi örnatilgan.

Smartfon 2 GB tezkor va 16 GB doimiy hamda 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega ikkita versiyada çiqariladi. Batareya siğimi 2500 mAs.

Jio Phone Next 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega.

Basic versiyasining narxi 66 dollar va Advanced versiyasining narxi 93 dollarni taşkil etadi.