Statistik ma'lumotlarga köra, Özbekistonda ötgan yilga nisbatan 2021 yilda homilador ayollarda koronavirus infeksiyasiga çaliniş holatlari juda köp uçramoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ularning ba'zilarida esa kasallik juda oğir ötmoqda. Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor örinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova vazirlikka bergan intervyusida buning asosiy sabablariga töxtalib ötdi.

Kamola Solihova / Soğliqni saqlaş vazirligi

«Koronavirus juda yuqumli kasallik hisoblanib, homilador ayollarda oddiy insonlarga qaraganda yuqtirişga moyillik yuqori. Buning sababi esa bölajak onalarda homiladorlik tufayli immunitet pasayişidir. Biroq agar ular özlarini muntazam ravişda parvariş qilib borsa, gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etsa, kasallikdan himoyalanadi», deydi şifokor.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda homilador ayollarda koronavirus infeksiyasi qanday klinik körinişlarda keçişi, bu şaroitda homila özini qanday his qilayotgani borasida nafaqat Özbekiston, balki butun dunyoda çuqur tahlillar olib borilmoqda. Sönggi xulosalarga köra, koronavirus yöldoş tösiği orqali öta olmaydi va şu tufayli homila uşbu kasallikdan himoyalanadi. Bu jihatdan infeksiya homilador ayollar uçun grippga qaraganda kamroq xavfli hisoblanadi. Ya'ni tuğilgan gödakka dunyoga kelganidan keyin koronavirus yuqmasa, u bola soğlom dunyoga keladi.

«Biroq şunday bölsa-da, şifokor sifatida ona bölişni rejalaştirayotgan ayollarimizga homiladorlikdan avval Covid-19’ga qarşi emlanişlarini tavsiya qilaman. Bu bilan ular nafaqat özlari, balki tuğilajak farzandini ham koronavirus infeksiyasidan asraydi», degan Solihova.