Samsung rahbari kuchli uyqu doridan foydalangani uchun jarimaga tortildi
Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Chje Yon kuchli ta'sir qiluvchi uyqu dori “Propofol”dan noqonuniy foydalangani uchun yirik jarimaga tortildi.
Seul sudi Liga 2015 yildan 2020 yilgacha anesteziyada qo‘llanuvchi “Propofol” vositasi bir necha marta kiritilgani uchun uni 60 ming dollar jarimaga tortdi.
Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, “Propofol”ni faqatgina plastik jarrohlik klinikalarida qo‘llashga ruxsat beriladi. Ayblov ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung rahbari 2015 yil yanvarda va 2020 yil mayda ushbu vositadan umumiy hisobda 41 marta foydalangan.
Poraxo‘rlik, mablag‘larni sarflab yuborish va boshqa ayblovlar bo‘yicha sudlangan Li Chje Yon 2021 yil avgustda shartli ravishda muddatdan oldin ozod qilingan.
Li 2020 yil yanvarda ushbu ayblovlar bo‘yicha 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Prokuratura unga 9 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan. Keyinroq Janubiy Koreya bosh vaziri Samsung rahbarining o‘z lavozimiga qaytishi zarurligini qo‘llab-quvvatlagan. Uning fikricha, Li Chje Yonning jahon miqyosidagi kompaniya boshqaruviga qaytishi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024