Qayd etilişiça, Özbekistonda 38 382 ta köp qavatli uy mavjud bölib, ulardan 15 120 tasi markazlaşgan issiqlik ta'minotiga, 5 588 tasi individual issiqlik ta'minotiga ega. Qolgan 17 674 ta köp qavatli uy boşqa turdagi loyihasiz isitiş moslamalaridan foydalanib kelmoqda.

“Respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan 20 ta issiqlik ta'minoti korxonasi balansidagi 500 ta qozonxona iş faoliyatida bölib, uşbu qozonxonalardagi qozonlar ma'nan eskirgan. Mavjud 4 500 km issiqlik tarmoqlaridan 2 500 km qismi (60 foiz) ta'mirtalab ahvolda, tarmoq yöqotişlari esa 40 foizni taşkil etmoqda”, deyiladi ma'lumotda.

Bugungi kunda respublika böyiça Buxoro (68 foiz), Navoiy (85 foiz), Toşkent viloyatlari (66 foiz) va Toşkent şahrida (100 foiz) markazlaşgan issiqlik ta'minoti tizimi mavjud.

Ötgan mavsumdagi kamçiliklar tahlili natijalari asosida hamda tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va köp qavatli uy-joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qiş mavsumiga barqaror işlaşini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori tasdiqlandi.

Qarorga köra, 2021 yilda vazirlik tasarrufidagi issiqlik ta'minoti taşkilotlarida jami 578 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda issiqlik tarmoqlarida sinov tekşiruv işlari amalga oşirilib, natijasiga köra 94 ta qozonxonalar, 930 ta qozonlar va 747 km issiqlik tarmoqlari mukammal va joriy ta'mirlanişi belgilab olindi.