AQŞ qurolli kuçlari oxirgi 5 yil davomida gipertovuşli qurol sinovidan 9 ta ötkazgan bir vaqtda, Xitoy yuzlab bunday sinovlarni amalga oşirgan. Bunday ma'lumotlarni AQŞ qurolli kuçlari ştablari boşliqlari qömitasi raisi örinbosari general Djon Xayten harbiy şarhlovçilar Vaşington guruhiga ma'lum qildi.
Biroq Xayten Xitoy ötkazgan sinovlar haqidagi ma'lumot maxfiy ekanini aytib, sinovlarning aniq sonini oşkor qilmagan.
U, şuningdek, Xitoy iyulda sinovdan ötkazgan va past orbita böylab Yer şarini aylanib çiqqan gipertovuşli uçiş qurilmasi haqida AQŞda mavjud bölgan ma'lumotlarni oşqor qilişdan boş tortgan. Avvalroq AQŞ qurolli kuçlari ştablari boşliqlari qömitasi raisi general Mark Milli uşbu sinovlar Vaşingtonni öz vaqtida sobiq ittifoq dunyoda birinçi bölib sun'iy yöldoşni fazoga uçirgan vaqtdagidek kuçli ajablantirganini tan olgan.
“Yaqinda ötkazilgan sinovlar haqida ma'lumot bera olmayman, çunki men bilgan barça axborot maxfiylaştirilgan. Uşbu sinov bizda katta xavotir uyğotdi. Biroq tafsilotlarni bölişa olmayman, çunki mendagi barça ma'lumotlar razvedka tomonidan taqdim etilgan”, deb ta'kidlab ötgan Xayten.
2 haftaça avvalroq Financial Times naşri öz manbalariga tayanib Xitoy iyul oyida gipertovuşli raketa sinovini ötkazgani, u nişonni urişdan oldin butun sayyorani aylanib çiqqani haqida xabar bergan. Biroq Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Çjao Litszyan uşbu ma'lumotni rad etib, sinovdan raketa emas, balki kosmik qurilma ötkazilganini ma'lum qilgan.
Gipertovuşli qurol atmosferada 6120 km/soat yoki undan yuqoriroq tezlik bilan uça oladigan raketa quroli hisoblanadi.








