Mikrokompyuterlar işlab çiqaruvçi Raspberry Pi Foundation britan kompaniyasi bir platali Raspberry Pi Zero 2 W kompyuterini namoyiş qildi. E'tiborlisi, yangi kompyuter bor-yöği 15 dollar turadi.
Raspberry Pi Zero 2 W’ning 2015 yilda çiqarilgan avvalgi modelga nisbatan körsatkiçlari ança yaxşilangan. Jumladan, yangi modelning unumdorligi 5 marta oşgan.
Mikrokompyuter 64 bitli 4 yadroli Broadcom BCM2710A1 protsessorida işlaydi. Şuningdek, qurilma LPDDR2 standartidagi 512 Mb tezkor xotira, mini-HDMI, USB, microUSB razyomlari bilan jihozlangan. Bundan taşqari, u Bluetooth 4.2 va Wi-Fi 802.11n simsiz aloqa standartlarini qöllab-quvvatlaydi.
Kompaniya kompyuter işlaş jarayonida qizib ketmasligiga va'da bermoqda. Undagi mis qatlamidan tayyorlangan radiator plataning sovişini ta'minlaydi.
Mikrokompyuterga kompaniya saytida buyurtma beriş mumkin. Uning bazaviy versiyasi narxi 15 dollar turadi.









