AQŞning IBM kompaniyasi IBM Think 2018 anjumanida mitti kompyuterni taqdim qildi. Bu kompyuterni köriş uçun mikroskop kerak böladi, deb xabar bermoqda Mashable portali.
Kompaniya vakillarining aytişiça, kompyuter ölçami tuz kristali yoki burgadek keladi. Qurilmaning platasi x86 hisoblaş çipida qurilgan, u öz içiga “bir neça yuz ming tranzistor”ni olgan. Mikrokompyuterning tannarxi 10 sentdan kamroqni taşkil qiladi.
Bunday qurilma, albatta, unumdorligi bilan maqtana olmaydi, biroq “buyumlar interneti” segmentiga (aqlli muzlatgiçlar, çiroqlar va boşqalar) asqatişi mumkin. Şuningdek, qurilma blokçeyn negizida işlaşi kerak böladi. IBM’ning tadqiqotlar bölimi rahbari Arvind Krişenning aytişiça, yaqin 5 yilda bunday kompyuterlar ommaviy ravişda maişiy texnikaga örnatiladi.












