Samarqandda poyezddan temir şarlarni öğirlagan şaxslar uşlangan va ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil sentyabr oyida Maroqand-Navoiy yönalişidagi yuk poyezdi «Nurbuloq» temir yöl bekatida töxtagan vaqtida, usti oçiq vagonga ortilgan 1 410 dona, qiymati 17 million 693 ming söm bölgan temir şarlar noma'lum şaxslar tomonidan öğirlab ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur öğrilikni Nurobod tumanida yaşovçi P.A., A.T. hamda T.O. sodir etgani aniqlangan. A.T.ning yaşaş uyi közdan keçirilganda, u yerda 1 410 dona temir şar borligi aniqlanib, hujjatlaştirib olingan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan P.A., A.T. hamda T.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Samarqandda metall şar öğrilari uşlandi
Samarqandda treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yölni tösib qolgani aytildi









