Urgançning «Xorazm» klubi Pro-Liga 2021 yilgi mavsumida 5-örinni egalladi. Moliyaviy imkoniyatlar va futbolçilar salohiyatidan kelib çiqilsa, bu natija kutilganidek böldi.

2021 yilgi Pro-Liga mavsumi 10 ta klub iştirokida boşlandi. Biroq, Farğonaning «Istiqlol» va Toşkentning «Oqtepa» klublari moliyaviy muammolar tufayli musobaqadan çiqib ketişdi.

Superliga yöllanmasi uçun Farğonaning «Neftçi», Samarqandning «Dinamo», Toşkentning «Olimpik» va «Buxoro» klublari kuraş olib borişi başorat qilingan edi. Moliyaviy imkoniyatlar, moddiy-texnika bazasi va futbolçilar salohiyatida uşbu jamoalarning ustunligi sezilib turdi.

Aleksandr Yejov boş murabbiyligida «Xorazm» klubi liga favoritlariga qarşi öyinlarda atigi 1 marta ğalaba qozonib, 3 marta durang öynadi, 4 marta mağlubiyatga uçradi. Oqibatda, Superliga yöllanmasi uçun kuraşuvçi yuqori törtlikka kira olmadi.

5-8-örinlar uçun kuraşuvçi jamoalar guruhida «Xorazm» klubi muvaffaqiyatli iştirok etib, 1-örinni egalladi. «Yangiyer», «Şörtan» va «Orol» klublariga qarşi bahslarda 6 ta ğalaba va 4 durangni qölga kiritib, 2 marta mağlubiyatga uçradi.

«Xorazm» klubining 2021 yilgi körsatkiçlari:

20 ta öyin, 7 ta ğalaba, 7 ta durang, 6 ta mağlubiyat, töplar nisbati 32:29

«Xorazm» klubining 2021 yilgi töpurarlari:

  • 7 (1 pen) – Rözimboy Ahmedov (mavsum örtasida «Dinamo» klubiga ötdi)
  • 7 (1 pen) – Temur Bekçanov
  • 3 – Şaxzod Beşimov
  • 3 – Jasur Otajonov
  • 3 – Bobur Farhodov
  • 2 – Sardor Matmuratov
  • 1 – Saidjamol Davlatjonov
  • 1 – Mirjalol Qurbonov
  • 1 – Hazrat Tursunqulov
  • 1 – Boburmirzo Bahodirov
  • 1 (pen) – Ravşan Sultonov