Uzbek.life navbatdagi suhbatdoşi Yaponiyada oilaviy istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Mohinur Nurulloyeva. Qahramonimiz Namangan viloyati Namangan tumanida tuğilgan. Yaponiyaning nufuzli Ritsumeykan Osiyo Tinçlik universitetida tahsil olgan. Hozir Apple’ning Fukuoka şahridagi ofisida texnik mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi.
Yaponiyadagi universitetlar va talabalar uçun Scholarship
Oçiği bu yerga kelişimdan avval yapon tilini bilmas edim. Namanganda biroz vaqt til kursiga qatnaganim bois, faqatgina yapon alifbosini bilgan holda kelganman. Men tahsil olgan universitetda xorijlik talabalar köp bölgani sababli deyarli barça hujjatlar va bizga kerakli bölgan yöriqnomalar ingliz tilida bölgan.
Yaponiyaga kelganimizda universitet tomonidan 6 oy yapon tili kursida öqidik. Şuningdek, yapon tilini yaxşiroq özlaştiriş uçun restoranlar, mehmonxonalarda ham işlaganmiz.
Men öqigan universitetda çet ellik talabalar 80 ta davlatdan kelib öqişar edi. Öşa davrning özida 100 dan ortiq özbekistonlik talabalarni Osiyo tinçlik universitetida uçratganman. Ta'lim muassasamizda asosan ikkita fakultet mavjud. Bular “Biznes boşqaruvi” va “Ijtimoiy fanlar”. Men “Ijtimoiy fanlar” fakultetining turizm yönalişida öqiganman.

Yaponiyada xususiy universitetlarning narxi baland, lekin, köplab stipendiya beradigan taşkilotlar mavjud. Misol uçun davlat tomonidan eng katta stipendiya beradigan Mext dasturi bor. Stipendiya sizning barça xarajatlaringizni qoplab beradi. Lekin Mext dasturi grantlarini yutiş qiyin keçişi mumkin. Bundan taşqari har bir universitetda özining stipendiyalari bor. Men ham universitet tomonidan 80 foizli grant yutib olganim sababli, 4 yil mobaynida kontraktimning faqatgina 20 foizini tölaganman. Bu menga moddiy tomondan juda katta yordam bölgan.
Apple kompaniyasiga işga kiriş
Universitetda öqib yurgan paytimda, bizdan yuqori kursda öqiydigan özbekistonlik bola Apple’da işlaşi haqida eşitganman. Bu narsa men uçun erişib bölmas narsadek edi. Keyin 3-kursning yarmida iş qidiriş, ya'ni “job hunting” boşlandi. Siz bu jarayonda yuzlab kompaniyalarga öz rezyumeyingizni topşirişingiz mumkin. Men 10 ta kompaniyaga hujjatlarimni topşirganman. Şularning 2 tasi muvaffaqiyatli çiqqan. Menga Asics va Apple’dan iş taklif qilişgan.














