Sönggi olti yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar böldi. Issiqxona gazlari bilan kuraş borasidagi barça va'dalarning bajarilişi ham yaqin ön yilliklarda sayyoradagi haroratning 2 darajadan köproq ortişiga olib keladi. Bu haqda BMT iqlim özgarişi haqidagi 26-konferensiyasida iştirok etgan boş kotib Antonio Guterriş ma'lum qildi.

«Parij kelişuvlari imzolanganidan buyon sönggi olti yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar böldi. Bizning qazib olinadigan yonilği turlariga qaramligimiz insoniyatni tubsizlikka olib boradi. Oğir tanlov oldida turibmiz: yo biz bu jarayonni töxtatamiz, yo u bizni töxtatadi. «Bas, yetar» deyiş vaqti keldi. Bioxilmaxillikni masxara qiliş, özimizni uglerod bilan öldiriş, tabiatga çiqindi örasi sifatida munosabatda böliş, yoqiş, yanada çuqurroq qazişga bas, yetar deyiş vaqti keldi. Axir biz özimizga qabr qaziyapmiz», dedi u.

Guterriş Yer sayyorasi okean tubidan tortib, to toğ çöqqilarigaça köz öngimizda özgarayotganiga işora qildi. «Dengiz sathi 30 yil oldingiga qaraganda ikki marta tezroq kötarilmoqda. Okeanlar har qaçongidan ham issiqroq va isişda davom etmoqda. Amazoniya örmonlarining bir qismi yutganidan köra köproq issiqxona gazlarini çiqarmoqda.

Iqlim muammolari böyiça sönggi bayonotlar vaziyatni özgartiradigandek tasavvur uyğotişi mumkin. Bu illyuziya. Issiqxona gazlari çiqindilariga qarşi kuraş böyiça mamlakatlarning hissasi haqidagi sönggi hisobot dunyoda harorat Tselsiy böyiça 2,7 daraja halokatli kötariliş tomon ketayotganini körsatmoqda. Sönggi va'dalarga işonsak ham, ularga ham jiddiy savollar bor, baribir iqlim falokatiga qarab ketyapmiz. Hatto optimal ssenariyda ham harorat Tselsiy böyiça 2 darajadan köproq kötariladi.

Ana şu fursatda biz mazkur iqlim masalalariga bağişlangan konferensiyani oçyapmiz, biz falokatga qarab harakatlanişda davom etmoqdamiz. Yoşlar bu haqida biladi. Har bir mamlakat buni körişi mumkin. Kiçik orol davlatlar u bilan yuzma-yuz kelişdi. Ular uçun mağlubiyat – variant emas, mağlubiyat – ölim hukmidir», - deya ta'kidladi Guterriş.

BMT boş kotibi atmosferaga nol çiqindilar böyiça nodavlat öyinçilar majburiyatlari tahlili bilan şuğullanuvçi ekspertlar guruhi tuzilişi haqida ma'lum qildi.

«Işonç defitsiti va çiqindilarni qisqartiriş hamda turli ma'no va ölçovdagi nol çiqindilar maqsadlari böyiça çalkaşliklar bor. Şuning uçun Parij iqlim kelişuvlari doirasida mavjud mexanizmlardan taşqari nodavlat öyinçilarning nol çiqindilar böyiça majburiyatlari böyiça aniq ölçov standartlarini şakllantiriş va tahlil qiliş uçun ekspertlar guruhi taşkil etilişini e'lon qilaman.