Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) boş kotibi Antonio Guterriş Isroilning Ğazo sektoridagi maktabga uyuştirgan va 100 falastinlik ölimiga sabab bölgan hujumini qoraladi. 

BMT boş kotibi rasmiy vakili örinbosari Farhan Haq kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

«Boş kotib (Guterriş) Ğazoda, jumladan, ayollar va bolalar halok bölişi davom etayotganini qoralaydi», dedi Haq Isroilning Ğazo şahridagi maktabga uyuştirgan hujumiga işora qilib. Hodisa oqibatida 100 nafar falastinlik hayotdan köz yumdi.

«Biz Isroilning Ğazo şahridagi Al-Bayan maktabiga yana bir halokatli hujumiga guvoh böldik», dedi Haq va qöşimça qildi: «Maktab Ğazoda davom etayotgan dahşat, köçiriliş va azob-uqubat şaroitida yuzlab falastinlik oilalarga boşpana sifatida xizmat qilmoqda». 

Haq Guterriş BMT Xavfsizlik kengaşining 2735-rezolyutsiyasi qoidalari haligaça bajarilmaganidan «afsusda» ekanini aytdi. 

Bayonotda, şuningdek, boş kotib «xalqaro gumanitar huquqni, jumladan, hujumlarda kamsitiş, mutanosiblik va ehtiyot çoralarini qöllaş zarurligini ta’kidlagani» qayd etilgan. 

Öt oçişni darhol töxtatişga çaqiriq

Boş kotib Antoniu Guterriş AQŞ, Misr va Qatar yetakçilarining Ğazoda öt oçişni töxtatişga qaratilgan vositaçilik sa’y-harakatlarini olqişladi, dedi matbuot kotibi örinbosari Farhan Haq.

Haqning sözlariga köra, Guterriş «tomonlarni muzokaralarni davom ettirişga va öt oçişni töxtatiş, garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişib olişga çaqirdi».

«Boş kotib zudlik bilan öt oçişni töxtatiş va barça garovga olinganlarni sözsiz ozod qilişga qaratilgan çaqiriğini takrorlaydi. Şuningdek, u tinç aholini himoya qiliş va Ğazoga tösiqsiz, xavfsiz insonparvarlik yordami kirişini ta’minlaş zarurligini ta’kidlaydi», — deya xulosa qildi Haq.