Amerikaning Yahoo internet-kompaniyasi Xitoydagi faoliyatini töxtatişga qaror qildi, deb xabar bermoqda AP.
“Xitoydagi biznes va qonunçilik sohasidagi vaziyat borgan sari qiyinlaşayotgani sababli bundan buyon Yahoo servislari Xitoyda işlamaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Kompaniya foydalanuvçilarning erkin va oçiq internetdan foydalaniş huquqlariga sodiq qolişini qöşimça qilgan.
Yahoo ilgariroq Xitoydagi faoliyatini çeklagandi. 2015 yilda uning Pekindagi ofisi yopilgan, kompaniyaning Xitoydagi musiqa servisi va Yahoo poçtasi işi töxtatilgandi.








