Internet-platformalar faoliyatini çeklaş bilan boğliq voqea ortidan boş vazir maslahatçisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği Olimjon Umarov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi. Bu haqda prezident administratsiyasiga aloqador «Nigoh» kanali xabar qilmoqda.

«Körilayotgan çoralarning keskinligi şuni körsatmoqdaki, Prezident tartib va intizomni buzgan, mas’uliyatsizlik qilgan va özboşimçalik bilan harakat qilgan har qanday amaldorni lavozimida ortiqça uşlab ötirmaydi», deyiladi xabarda.

Şuhrat Sodiqov / Kun.uz

Şuhrat Sodiqov 2008−2010 yillarda «Özbektelekom» kompaniyasi direktori bölgan, 2010 yildan 2017 yilgaça Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri bölib işlagan, 2017−2018 yillarda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori bölgan. U 2018 yil avgustidan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimida işlab kelayotgandi.

Olimjon Umarov / Xalqaro press klub

Olimjon Umarov 2017-2020 yillarda AKT vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2020 yil mayida Özbekiston boş vazirining maslahatçisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi.

  • 3 noyabr kuni «Özkomnazorat» tomonidan Şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestriga qöşilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va «Odnoklassniki») faoliyati çeklab qöyilişi katta şov-şuvlarni keltirib çiqardi.
  • Özbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qaror xato deb topildi, prezident bu masaladan xabardor etilgaç, holat yuzasidan tezkor çoralar körilib, «Özkomnazorat» boşliği Ğolibşer Ziyayev işdan olindi va holat yuzasidan tergov-suriştiruv harakatlari