Özbekistonda öquvçilarni xalqaro baholaş dasturlariga tayyorlaş maqsadida yangi loyiha yölga qöyilmoqda. Loyihaning jozibadorligi va sermahsulligini oşiriş maqsadida hattoki darsliklarda ham topilmaydigan ma'lumotlar bazasi şakllantirildi. Kun.uz bilan suhbatda bölgan Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev yangi loyiha haqida ma'lumot berdi.

Stesting – 3tasini bittada jamlagan loyiha

Stesting loyihasi – ta'lim platformasi deb tuşuniş mumkin. Xalq ta'limi vazirligi taşabbusi bilan institutimiz hamkorligida tegişli mutaxassislarni jalb qilgan holda bepul platforma işlab çiqildi.

Platforma öz içiga PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda qöllanadigan savollarning özbek va rus tillaridagi tarjimalarini olgan. Bunda faqat testlar yoki savollar emas, qiziqarli videolar ham joylaştirilgan bölib, dastur öquvçilar, öqituvçilar, ota-onalar uçun ham möljallangan. Platformaga 100 dan ortiq videolarni tayyorlab joylaştirganmiz. Bu videolarda öquvçilarga turli vaziyatlarda özlarini qanday tutişlari, yeçimni töğri topişlari uçun yordam beriş közda tutilgan. Har bir video uçun alohida ma'lumotlar töplangan va öquvçiga qiziqarli tarzda yetkazib berilgan.

Şuningdek, platforma yaqinda bizning öquvçilarimiz iştirok etadigan xalqaro tadqiqotlar uçun tayyorgarlik jarayoni bölib xizmat qiladi.

Bolalar xalqaro tadqiqotlarda raqobat muhitini his qilsin

Ma'lumki, 2030 yilga qadar Xalq ta'limini rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjatning birinçi bandida PISA xalqaro tadqiqotida Özbekistonning iştirokini ta'minlaş va 2030 yilga borib kuçli 30 talikka kirişga erişiş maqsadli yönalişda belgilab berilgan. Ya'ni bizning oldimizga strategik vazifa qöyilgan. PISA tadqiqotida dunyoning 90 ga yaqin davlatlari iştirok etadi. Kuçli raqobat muhiti böladi.

Ilk marta mamlakatimiz bunday tadqiqotda qatnaşadi. Şu sababdan biz uçun ham, bolalarimiz uçun ham bu yangilik hisoblanadi. Bolalarimiz bunday uslubda öqitilmaganligi sababli bu kabi savollarga, öqitiş uslubiga duç kelişmagan. Şuning uçun ham ularni tayyorlamasak, kömak bermasak, öşa tadqiqot jarayonida öquvçilarimiz ruhan tuşkunlikka, ikkilanişlarga tuşişi mumkin. Ularni bunga tayyorlaş uçun aynan şu Stesting loyihasidan foydalanyapmiz.