«As-Sadd» klub boş murabbiyi Xavi Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga yöl olişini e'lon qildi. Kök-anorranglilar uşbu sobiq futbolçisini uning qatarliklar bilan şartnomasida körsatilgan tovon pulini tölab, yangi boş murabbiy sifatida şartnoma imzolaydi.

«Al-Sadd» ma'muriyati şartnomada muddatidan oldin ketiş uçun közda tutilgan punkt böyiça tölov amalga oşirilgaç, Xavini «Barselona»ga qöyib yuborişga rozi böldi. Şuningdek, kelajakda «Barselona» bilan hamkorlik qiliş borasida ham kelişuvga erişildi. Xavi – tariximizning muhim qismi. Unga omad va zafarlar tilab qolamiz», — deyiladi «As-Sadd» matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldinroq, Xavining qatarliklar klubi bilan şartnomasida agar top-klublardan taklif kelib tuşsa, uni qöyib yuboriş haqidagi band borligi xabar qilingandi. OAV ma'lumotiga köra, 4 noyabr kuni «As-Sadd» va «Barselona» örtasida hal qiluvçi muzokaralar bölib ötgan.

OAVda «Barselona» Xavi uçun Qatar klubiga 5 million yevro miqdorida tovon puli tölaşi aytilgandi.

Xavi 2015 yilda «Barsa»dan «As-Sadd»ga ötib, 2019 yilda uşbu klubda murabbiylik faoliyatini boşlagan edi. U jamoasi bilan Qatardagi faoliyati davomida 7ta sovringa ega çiqdi.

Eslatib ötamiz, «Barselona» 28 oktabr kuni Ronald Kumanni iste'foga çiqargaç, «Barselona B» jamoasi ustozi Serxi Barxuan boş murabbiy vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.